Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi.
«O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan narx shakllantirish talablari buzilgani aniqlanib, 7 milliard so‘mga yaqin ortiqcha daromad iste’molchilarga qaytarildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va uning hududiy filiallari nizom talablari buzilishi natijasida 5 milliard so‘mga yaqin ortiqcha daromad olgani aniqlanib, ushbu mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Qo‘mita tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosi to‘liq ta’minlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!