Jamiyat

Hafta davomida yog‘ingarchilik kuzatiladi, harorat keskin pasayadi

Hafta davomida yog‘ingarchilik kuzatiladi, harorat keskin pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlarida kuzatilgan iliq va bahoriy havodan so‘ng 24 fevraldan boshlab ob-havo keskin o‘zgaradi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, ba’zi hududlarda u qorga aylanadi. Harorat pasayib, shamol kuchayishi mumkin.

Yog‘ingarchilik va shamol
24–25 fevral kunlari shimoliy va cho‘l hududlarda, 26 fevralda esa mamlakatning qolgan qismida yomg‘ir yog‘ishi va ayrim joylarda qorga aylanishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Shamol tezligi 15–20 m/s, ayrim joylarda esa 23–25 m/s gacha yetgan holda kuchayishi taxmin qilinmoqda.

Harorat o‘zgarishi

Dushanba (24 fevral) kuni kunduzi +10…+15°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

25–27 fevral kunlari harorat asta-sekin pasayib, 0…+5°C ni tashkil etadi.

26–27 fevralga borib, kechalari harorat 0…–5°C gacha tushishi mumkin.

Respublika shimolida kechalari –4…–9°C, kunduzi –3…+2°C bo‘ladi.

Toshkent shahridagi ob-havo
Poytaxtda 24 fevraldan boshlab yomg‘ir yog‘ib, 25–28 fevral kunlari ayrim vaqtlarda qorga aylanishi mumkin.

24 fevralda kunduzi +13…+15°C,

25 fevralda +11…+13°C,

26–28 fevralda +2…+5°C gacha pasayishi kutilmoqda.

27–28 fevralda kechalari harorat 0…–3°C gacha tushishi mumkin.

Shuningdek, ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Fuqarolardan hushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.