O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 31 mart kuni tarixda ilk bor uch tomonlama sammit o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 58-sessiyasining yuqori darajadagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, sammit 31 mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Bu mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”, deyiladi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!