Iqtisod

O‘zbekistondan eksport qilingan 14 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

O‘zbekistondan eksport qilingan 14 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib ketilayotgan 14 tonna qovun fitosanitariya talablari buzilgani sababli mamlakatga kiritilmadi, deb “Econom.kg” nashri xabar berdi.

Qirg‘izistonning O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti xodimlari “Ken-Say” nazorat-o‘tkazish punktida tekshiruv o‘tkazib, qovunlar fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan somon ustida tashilayotganini aniqladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, somon fitosanitar xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Unda ambroziya, kakra va zarpechak kabi begona o‘tlarning urug‘lari bo‘lishi mumkin. Shu sababli uni olib kirish uchun tegishli hujjatlar talab etiladi.

Qoidabuzarlik aniqlangach, departament xodimlari mahsulotlarni jo‘natuvchiga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Barcha yuk inspektorlar nazorati ostida ortga qaytarildi.