Jamiyat, Siyosat

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Prezidentning “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori (PQ-68-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

2025-yilgi Navro‘z bayrami «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» bosh g‘oyasi asosida yuqori saviyada, umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi.

Qarorga ko‘ra, bayramning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi ma’qullandi. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.

Ramazon oyi munosabati bilan:
Keksa avlod vakillari, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari e’zozlanadi.
“Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylaridagi shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinadi. Ular uchun bayram dasturxonlari yozilib, xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida:
Barcha hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.
Ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlar obodonlashtirilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Toshkent shahrida «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.