Jahon

Rossiya Ukraina, Yevropa va umuman tinchlikka tayyor bo‘lgan barcha bilan muzokaralar olib borishga tayyor – Lavrov

Rossiya Ukraina, Yevropa va umuman tinchlikka tayyor bo‘lgan barcha bilan muzokaralar olib borishga tayyor – Lavrov

Harbiy harakatlar Moskvani qoniqtiradigan natija bo‘lsagina to‘xtaydi, dedi RF TIV rahbari Lavrov Anqarada Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralardan so‘ng.

Uning boshqa bayonotlari:

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Kiyevning NATOga qo‘shilmasligi to‘g‘risida «temir-betonli» kelishuv bo‘lishi kerak.

Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ko‘plab davlatlarning pozitsiyalari «realllashdi». Moskva Vashington bilan barcha yo‘nalishlarda aloqalarni davom ettiradi.

Shu haftada Rossiya va AQSH o‘rtasida o‘zaro elchixonalar faoliyatini normallashtirish bo‘yicha to‘liq maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.

2022-yil aprel oyidagi Istanbul kelishuvlari loyihalari Ukraina kelishuvi uchun asos bo‘lishi mumkin.