Jahon

Ozarbayjon “Russia Today” nashrini mamlakatdan chiqarib yubordi

Ozarbayjon “Russia Today” nashrini mamlakatdan chiqarib yubordi

Ozarbayjon hukumati “Russia Today” media guruhining mamlakatdagi vakolatxonasi – Sputnik Ozarbayjon faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi Ozarbayjonda faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olish huquqiga ega. Moskva hozircha ushbu qarorga izoh bergani yo‘q.

Avvalroq Ozarbayjon hukumati BBC Ozarbayjon xizmatining Boku ofisini yopishni talab qilgan, natijada BBC jurnalistlari shaharni tark etishga majbur bo‘lgandi. Qator xalqaro media tashkilotlari buni “matbuot erkinligini cheklash” sifatida baholagan.

Shuningdek, ilgariroq mamlakatdan USAID ofisi va Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” tashkiloti ham chiqarib yuborilgandi.