Jamiyat, Jinoyat

Buxoroda noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoroda noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida fuqaroga daraxtlarni noqonuniy kesgani uchun 18 mln 375 ming so‘m jarima solindi, deb viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ta‘kidlanishicha, J.T. o‘zi yashaydigan Qaraxoni mahallasidagi 5 tup manzarali terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan 9 mln 372 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan 9 mln so‘m zarar hisoblangan.