Jamiyat

Poytaxtda yo‘nalishli avtobus texnik nosozlik tufayli daraxtga uruldi

Poytaxtda yo‘nalishli avtobus texnik nosozlik tufayli daraxtga uruldi

Bugun poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasida 50-sonli shahar avtobusi texnik nosozlik sababli yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi, deb Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, mas‘ul tuzilmalar xodimlari holatni o‘rgangan. Shundan so‘ng, ular hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelganini aytgan. Shu sabab, transport vositasi daraxtga urilib ketgan.

Ta‘kidlanishicha, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.

Hozirgi vaqtda vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.