Jahon

Rossiya-Amerika muzokaralarining yangi bosqichi Turkiyada bo‘lib o‘tadi

Rossiya-Amerika muzokaralarining yangi bosqichi Turkiyada bo‘lib o‘tadi

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarning yangi raundi 27-fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonotiga tayanib xabar berdi.

Lavrovning ma’lum qilishicha, muzokaralarda asosiy e’tibor har ikki davlatdagi elchixonalar faoliyatini normal rejimda tiklashga qaratilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv natijalariga qarab, qanchalik tez va samarali harakat qilish aniq bo‘ladi.

Avvalroq, 18-fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Rossiya va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki tomonlama munosabatlar va dunyodagi kuchlar muvozanati muhokama qilingan.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va xalqaro masalalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.