Jamiyat

Ramazonda qaysi ko‘chalar yopilishi ma’lum qilindi

Ramazonda qaysi ko‘chalar yopilishi ma’lum qilindi

Toshkent shahrida Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan 28 fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi, deya poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

  • Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Bektemir tumani bo‘yicha:
  • Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

  • Islom ota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
  • Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Mirobod tumani bo‘yicha:

  • Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Qo‘yliq ota masjidi — TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Sergeli tumani bo‘yicha:

  • Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi – Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

  • Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

  • Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

  • Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Olmazor tumani bo‘yicha:

  • Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Islomobod masjidi — KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

  • Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

  • Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
  • Hazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

  • Novza masjidi — Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
  • Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.