Soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.
Ular 2020—2023-yillar davomida 8 ta soxta korxona tashkil qilinib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uchun qaytarilishi belgilangan 15 foiz QQS salbiy farq summasini asossiz qaytarib olish orqali, jami 24 mlrd 580 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Ma’lum qilinishicha, uyushgan jinoiy guruh 38 kishidan iborat bo‘lgan
Ularning 17 nafari soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va 18 nafar tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari bo‘lgan.
Sud tomonidan:
14 nafariga 5 yil 6 oydan 7 yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi;
18 nafariga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 yil ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati bilan 3 yil sinov muddati;
6 nafariga 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!