Jamiyat, Siyosat

Qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘q

Qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘q

Bugun, 5-mart kuni Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Davlat rahbari hozirda qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati yo‘qligiga eʼtibor qaratdi.

Parlament tasdiqlagan qonunda asosan jazoni kuchaytirishni o‘zi bilan cheklanib qolingani, korrupsiyani oldini olish, odamlarimizni bunga toqatsizlik ruhida tarbiyalash, profilaktika mexanizmlarini yaratish, jinoyatni fosh etishga yordam berganlarni  rag‘batlantirish kabi masalalar aks etmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun Prezident bu qonunni qayta ishlash uchun qaytarishini aytdi.

Shu bilan birga jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni ham xalqaro standartlarga moslashtirish lozimligi qayd etildi.

Misol uchun, Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon qonunchiligida davlat xaridlari va yirik biznes loyihalar parametrlarini oldindan sizdirib (insayderlik), daromad olganlik ham jinoiy daromadlarni legallashtirish, deb baholanadi.