Kecha, 6 mart kuni Qozog‘istonda neft va gaz qazib chiqarish koni qudug‘ida yong‘in sodir bo‘ldi, deb “Embamunaygaz” OAJ xabar berdi.
Ta‘kidlanishicha, “Embamunaygaz”ga tegishli “Jilioymunaygaz” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi G‘arbiy Prorva konining 437 sonli qudug‘i yonib ketgan. Bunga quduqda nasos-kompressor quvurini tushirish paytida teshilishdan keyin gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.
Hozircha hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q. “Embamunaygaz” tezkor shtabi tomonidan shoshilinch choralar ko‘rilgan, quduq hududi atrofi o‘rab olingan va qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!