Jamiyat

Rasman chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan vaqtincha uzilishi belgilandi

Rasman chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan vaqtincha uzilishi belgilandi

Maishiy chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan vaqtincha uzilishi mumkin

Qonun bilan Fuqarolik kodeksi, Uy-joy kodeksi, “Raqobat to‘g‘risida” va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur qonunga ko‘ra:
• Maishiy chiqindilarni to‘lash va olib chiqish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarga SMS-xabar yuboriladi.
• Qarzdorlik bartaraf etilmaguncha, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha cheklanadi.

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi oshiriladi
Maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar to‘lovlarni o‘z vaqtida talab qilishga majbur. Hisob-kitob hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish va talablarni buzish natijasida iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tashkilotlar uni qoplash majburiyatini oladi.

Ushbu choralar to‘lov intizomini mustahkamlash va qarzdorlik muammosini hal etish maqsadida joriy qilinmoqda.

Qonun 3 oy ichida kuchga kiradi.