Jinoyat

Surxondaryoda chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlandi

Surxondaryoda chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlandi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deya Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Taʼkidlanishicha, olti nafar farzandning onasi bo‘lgan 36 yoshli ayol yetti kunlik chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan va buning ortidan pul ishlamoqchi bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topib, 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.