Prokuratura organlari va Madaniy meros agentligi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX-XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan (jami 36,6 mlrd so‘m).
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlangan. Natijada unga 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetgan.
Bosh prokuratura aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilayotganini maʼlum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!