Jamiyat

Chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi

Poytaxt Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga qarshi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda. Aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan jarimalar belgilanmoqda.

Jarimalar:
– Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolar 375 ming – 1,1 million so‘m, mansabdor shaxslar esa 3,7 – 7,5 million so‘mgacha jarimaga tortiladi.

– Huquqbuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori 5 baravardan 50 baravargacha oshishi mumkin.

Rasmiylar chiqindilarni maxsus qutilarga tashlashni tavsiya qilib, aholini shahar tozaligiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirmoqda.