Jamiyat

Qamoqda qolayotgan blogerlar

Qamoqda qolayotgan blogerlar

“Ezgulik” jamiyati raisi Tashanov qamoqdagi ikki bloger haqida Facebookda post qoldirdi:

«So‘nggi bir necha kunda Telegram va Messenjer orqali bir necha shaxslar blogerlar Guli Mirzayeva va Sherali Komilov taqdiri haqida so‘rashdi, shu munosabat bilan ular haqidagi maʼlumotlarni ulashmoqchiman (https://www.facebook.com/share/p/1683coB6wb/).

Farg‘onalik bloger Guli (Gulnoza) Mirzayeva o‘tgan yilning yozida Muborak tumani sudining hukmi bilan tovlamachilikda ayblanib, 3,5 yilga manzil-koloniyaga jazo o‘tash uchun yuborilgan va 21 oktyabr kuni tartibbuzar deb topilib, ayollar qamoqxonasiga o‘tkazilgan.

Ertaga, 13 mart kuni JIB Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani sudida bloger Sherali Komilov ustidan mahkama davom etadi. Sudlanuvchi JKning tovlamachilik, tuhmat va haqorat moddalari bilan ayblanmoqda. Jabrlanuvchilar orasida tarmoq faollari Go‘zal Nazarqosimova va Abrorjon Abduazimovlar bor».