Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul test sinovlarining test topshiriqlari soni va baholash mezonlarini tasdiqladi.
Test formati o‘zgarishsiz qoldi
Yangi o‘quv yili uchun qabul imtihonlari o‘tgan yilgi tartibda o‘tkaziladi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘i beriladi, maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.
Baholash tartibi quyidagicha:
Majburiy fanlar (3 ta fan, jami 30 ta savol):
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) – 10 ta savol (1,1 balldan)
Matematika – 10 ta savol (1,1 balldan)
O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol (1,1 balldan)
➡️ Jami: 33 ball
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar (2 ta fan, jami 60 ta savol):
1-fan – 30 ta savol (3,1 balldan) = 93 ball
2-fan – 30 ta savol (2,1 balldan) = 63 ball
➡️ Jami: 156 ball
Umumiy hisob:
Test topshiriqlari soni: 90 ta
Eng yuqori ball: 189 ball
Fanlar majmuasi o‘zgarishi mumkin
Vazirlik ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish natijasida yo‘nalish nomlari o‘zgarishi yoki yangi yo‘nalishlar tashkil etilishi mumkinligini qayd etdi. Bu holatda test sinovlarida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor.
Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili joriy etilgan. Ya’ni, abituriyentlar avval test topshirib, natijasiga qarab ta’lim muassasasini tanlaydi. Bakalavriatga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!