Ilm-fan

O‘zbekistonning 5 ta universiteti QS reytingida kuchli 1000 talikka kirdi

O‘zbekistonning 5 ta universiteti QS reytingida kuchli 1000 talikka kirdi

12-mart kuni e’lon qilingan QS World University Rankings xalqaro reytingida O‘zbekistonning beshta oliy ta’lim muassasasi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoridan joy oldi.

QS (Quacquarelli Symonds) – xalqaro oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzuvchi Britaniya tashkiloti bo‘lib, har yili dunyo universitetlarining ilmiy salohiyati va ta’lim sifati bo‘yicha baholash natijalarini e’lon qiladi.

Reyting natijalariga ko‘ra, quyidagi O‘zbekiston universitetlari kuchli mingtalikka kirdi:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – Linguistika yo‘nalishi

O‘zbekiston Milliy universiteti – Zamonaviy tillar va Matematika yo‘nalishlari

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti – Muhandislik va texnologiyalar hamda Atrof-muhit fanlari yo‘nalishlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Iqtisod va ekonometriya yo‘nalishi

Bu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga ko‘paydi.