Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 4 yil ichida O‘zbekiston bo‘ylab 39 038 nafar shaxs jinoyat sodir etib, tergov va suddan yashiringan. Ularning 45 foizi mamlakatdan tashqariga chiqib ketgani aniqlangan.
Amaldagi qonunchilik gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarga O‘zbekistondan chiqishni vaqtincha cheklash imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu chorani surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud qarori bilan belgilash mumkin.
Cheklov shartlariga ko’ra, agar shaxs uzrli sabablarsiz tergov yoki suddan bo‘yin tovlashi mumkin bo‘lsa, unga nisbatan cheklov joriy etiladi.
Hozirda tergovdan yashirinayotgan shaxslarni aniqlash va ularning chet elga chiqishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!