Jinoyat

790 kg dan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

790 kg dan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

O‘zbekiston bojxonachilari yil boshidan buyon 790 kilogramdan ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yishdi. Bu Bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida amalga oshirildi.

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida bojxona va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi avtotransport vositasi tekshirildi. Natijada, haydovchi va yo‘lovchining cho‘ntagidan jami 165 gramm “opiy” moddasi borligi aniqlandi.

Toshkent shahri, Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 953 gramm “gashish” va elektron tarozi borligi fosh etildi.

Surxondaryo viloyati, “Ayritom” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida haydovchi kabinadagi orqa o‘rindiq ostiga 37 gramm “gashish” yashirib qo‘ygani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.