Jahon

BMT sudyasi majburiy mehnatga jalb etishda aybdor deb topildi

BMT sudyasi majburiy mehnatga jalb etishda aybdor deb topildi

Oksford sudi BMT Xalqaro sudi sudyasi Lidiya Mugambeni majburiy mehnatga jalb qilishda aybdor deb topdi. The Independent nashrining xabariga ko‘ra, u ugandalik yosh ayolni qullikka majburlagan.

Mugambe jabrlanuvchini aldab Buyuk Britaniyaga olib kelgan va xizmatkor sifatida bepul ishlashga majbur qilgan. Shuningdek, unga haq to‘lanadigan ish qidirishni taqiqlagan. Sudya unga bosim o‘tkazib, asosiy huquqlarini bilmasligidan foydalangani aytilmoqda.

Oksford sudining bu qarori xalqaro hamjamiyatda katta shov-shuv uyg‘otdi. BMT Xalqaro sudi ushbu masala bo‘yicha rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.