Qashqadaryo viloyati markazi – Qarshi shahri so‘nggi 18 yil ichida 7 767 gektarga kengayadi. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi bosh reja asosida amalga oshirilmoqda.
Shahar hududi qanday kengayadi?
- Hozirgi hudud – 8 308,9 gektar
- 2030-yilgacha – 11 026,8 gektar
- 2042-yilgacha – 16 073,6 gektar
Shahar Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hisobiga kengayib, aholisi 300 mingdan 470 ming kishigacha oshishi kutilmoqda.
Uy-joy va infratuzilma
Uy-joy fondi:
Bugungi kunda – 3,99 mln kv.m
2030-yilgacha – 7,2 mln kv.m
2042-yilgacha – 10,81 mln kv.m
Bir kishiga o‘rtacha turar joy:
Hozir – 14,1 kv.m
2030-yil – 18 kv.m
2042-yil – 23 kv.m
7, 12, 14, 16, 20 qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan.
- Ijtimoiy soha ob’ektlari kengayadi
- Maktabgacha ta’lim: 11,8 ming o‘rindan 29 ming 140 o‘ringacha
- Maktab o‘rinlari: 38 mingdan 74 ming 260 gacha
- Shifoxona va poliklinikalar, do‘konlar, restoranlar, teatr va kinoteatrlar, mehmonxonalar soni ham oshiriladi.
Yo‘l va transport infratuzilmasi
Magistral yo‘llar uzunligi:
Hozir – 88 km
2030-yil – 155,35 km
2042-yil – 291,33 km
Yo‘lovchilar tashish hajmi:
Hozir – 96 mln nafar
2030-yil – 160 mln nafar
2042-yil – 235 mln nafar
Muhandislik infratuzilmasi
Ichimlik suvi, gaz, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari kengaytiriladi.
Rejani amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar
Qashqadaryo viloyati hokimligi uch oy ichida bosh reja bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, hukumatga taqdim etishi lozim.
Shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarini kengaytirish bo‘yicha ham loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!