Jamiyat

Yolgʻon vakansiyalar eng koʻp uchrayotgan davlatlar maʼlum qilindi

Yolgʻon vakansiyalar eng koʻp uchrayotgan davlatlar maʼlum qilindi

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda katta maosh va oson viza va’da qiluvchi yolg‘on ish takliflari ko‘paygan. Migratsiya agentligi fuqarolarni bu kabi firibgarliklarga uchramaslik haqida ogohlantirmoqda.

Eng ko‘p yolg‘on vakansiyalar quyidagi davlatlar nomidan tarqatilmoqda:

  • Buyuk Britaniya
  • Germaniya
  • Polsha
  • Chexiya
  • Shveysariya

Agentlikning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlariga ishchi viza olish juda murakkab jarayon bo‘lib, ayniqsa malakali ishchilar orasida katta raqobat bor. Malakasiz ishchilar uchun esa qonuniy ish topish deyarli imkonsiz!

Firibgar vakansiyalar qanday aniqlanadi?

Agar sizga quyidagi holatlardagi ish taklif etilsa, ehtiyot bo‘ling:

– Tanish bo‘lmagan shaxslar kompaniyalar nomidan ish taklif qiladi
– Ishonch hosil qilish uchun rasmiy veb-saytlar, logotiplar va hujjatlardan foydalanishadi
– Ish malakasi va xorijiy til bilish talabi yo‘qligini aytishadi
– Dastlab kichik miqdorda pul so‘rab, keyinchalik qo‘shimcha to‘lov talab qilishadi
– Elchixona viza to‘lovlari yoki bilet uchun qo‘shimcha mablag‘ undiradi
– Biroz vaqt o‘tgach, aloqaga chiqmay qo‘yishadi yoki yana qo‘shimcha to‘lov talab qiladi

Rasmiy ish topish uchun nima qilish kerak?

  •  Migratsiya agentligiga yoki litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklariga murojaat qiling.
  • Internetda taklif qilinayotgan ish joylarini rasmiy manbalar orqali tekshiring.
  • Hech qachon noma’lum shaxslarga oldindan pul yubormang!

Eslatib o’tamiz, internet orqali noma’lum shaxslarga o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarib olish imkonsiz.