Jahon, Siyosat

Qatar Suriyaga gaz yetkazib berishni boshladi

Qatar Suriyaga gaz yetkazib berishni boshladi

Qatar davlati Iordaniya hududi orqali Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi.  

Ushbu qadam Vashington bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, Suriyaning energetik taʼminotini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadini ko‘zda tutadi.

Qatar hukumatiga ko’ra, gaz yetkazib berish gumanitar tashabbus doirasida amalga oshirilmoqda va maʼlum bir muddatga mo‘ljallangan.

Boshlang‘ich bosqichda yetkazib beriladigan gaz 400 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi, kelgusida esa quvvatni yana-da oshirish rejalashtirilgan.

Maʼlumki, Qatar dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchilaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, mamlakat «North Field» gaz konlarini kengaytirish orqali 2027-yilga borib suyultirilgan gaz eksport quvvatini yiliga 77 million tonnadan 126 million tonnagacha oshirishni maqsad qilgan.