Sport

Samarqandda triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkaziladi

Samarqandda triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkaziladi

2025-yil 24–25-may kunlari Samarqand shahrida triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirda elita sportchilari ishtirok etadi.

Triatlon bo‘yicha Jahon kubogi doirasida sportchilar standart masofada bellashadi:

  •  Suzish – 1,5 km
  • Velosiped bosqichi – 40 km
  • Yugurish bosqichi – 10 km

Paratriatlon bo‘yicha Jahon Para Kubogida turli toifadagi para-sportchilar ishtirok etadi. Ular Super Sprint masofasida quyidagi bosqichlardan o‘tishadi:

  • Suzish – 750 m
  • Velosiped bosqichi – 19 km
  • Yugurish bosqichi – 5 km

Shuningdek, 23–24-avgust kunlari Samarqandda triatlon bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida CHALLENGE SAMARKAND poygasi tashkil etiladi.