Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiyaning Italiyaga tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida u Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflar vaziri Djuzeppe Valditara bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar:
- maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish
- o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
- maktablarga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish
- o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va yangi o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Italiya tomoni O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitishga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholadi. Muzokaralar chog‘ida Italiyadan malakali mutaxassislarni yuborish, italyan tili o‘qituvchilarini tayyorlash hamda o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!