Prezidentning 2025 yil 14 mart kuni «Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-47-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisoblanadi. U bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:
Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga
(Amalda mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yig‘imlari belgilangan bo‘lib, endilikda ular bekor qilindi.)
Go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, don, guruch, mineral o‘g‘itlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilariga
(Amalda ushbu tovarlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi).
O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qo‘llab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi).
Mazkur Farmon:
eksport tartib-taomillarini yana-da takomillashtirish,
mahalliy xom ashyo asosida qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish,
qayta ishlash sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
@generalissimo_marshal
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!