Jahon

AQSh qirqdan ortiq mamlakat aholisi uchun AQSH eshiklarini yopmoqchi

AQSh qirqdan ortiq mamlakat aholisi uchun AQSH eshiklarini yopmoqchi

Qayd etilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati 43 ta davlat fuqarolari uchun AQSHga kirishni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu davlatlar uchta toifaga bo‘lingan: “qizil”, «to‘q sariq» va “sariq”. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan, yaʼni O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan AQSHga kirish bo‘yicha hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan.

“Qizil” ro‘yxatga kiritilgan 11 davlat fuqarolari uchun AQSHga kirish to‘liq taqiqlanadi. Bu davlatlar quyidagilar: Afg‘oniston, Butan, Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman.

“Oranj” ro‘yxatga kiritilgan 10 davlat fuqarolari uchun vizalar berishda cheklovlar joriy etiladi. Bu davlatlar orasida Belarus, Eritreya, Gaiti, Laos, Myanma, Pokiston, Rossiya, Syerra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston bor.

“Sariq” ro‘yxatga kiritilgan 26 davlatga 60 kun ichida xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun muddat berilgan, aks holda ular ham cheklovlarga duch kelishi mumkin. Bu davlatlar ro‘yxatida O‘zbekiston qayd etilmagan.

Shuningdek, Turkiya “yashil” ro‘yxatda joylashgan bo‘lib, bu mamlakat fuqarolari uchun hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu ro‘yxat hali ham tasdiqlanmagan va o‘zgarishi mumkin.