Jahonda qurol-yarog‘ savdosi hajmi 2024-yilda Sovuq urush tugaganidan beri eng yuqori darajaga yetdi, deya Jahon qurol-yarog‘ savdosi tahlili markazi tomonidan e‘lon qilingan hisobotda ma‘lum qilindi.
Markaz ma‘lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda global qurol-yarog‘ savdosi hajmi 96,889 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 111,6 milliard dollarga yetdi. Taqqoslash uchun:
- 2021-yilda – 82,942 milliard dollar
- 2022-yilda – 106,185 milliard dollar
Ekspertlar ko‘raa, qurol-yarog‘ eksporti va importining sezilarli oshishiga bir necha omillar sabab bo‘lgan. Eng asosiy omillardan biri – Ukrainadagi urush va uning atrofidagi geosiyosiy vaziyat. G‘arb mamlakatlari Ukrainaga katta miqdorda qurol yetkazib bergani sababli o‘z harbiy zaxiralarini to‘ldirishga majbur bo‘ldi. Shu bilan birga, ular yana-da zamonaviy va qimmatroq qurollarni sotib olishga kirishdi
Hisobotga ko‘ra, bu jarayonda eng katta foyda ko‘rgan davlat – AQSH bo‘lib, u NATOga a‘zo mamlakatlarning qurol bozorini deyarli o‘z nazoratiga oldi. Shuningdek, 2022-yilda oddiy qurollarning global eksport va import hajmi avvalgi yilga nisbatan 28 foizga oshgani qayd etilgan. Bu o‘sish Ukrainadagi mojaroning davom etishi hamda urush boshida tuzilgan qisqa muddatli shartnomalarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 16,8 foizga oshgan. Mutaxassislar buni 2022-2023-yillarda qisqa muddatli qurol yetkazib berish shartnomalari bajarilgani, uzoq muddatli kelishuvlar esa hali amalga oshirilish bosqichida ekanligi bilan izohlashmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!