Yevropaliklar AQSh mahsulotlariga boykot e’lon qilmoqda
Donald Tramp boshlab bergan savdo urushiga javoban, Yevropa va Kanada aholisi AQSh mahsulotlariga ommaviy boykot e’lon qila boshladi. Minglab iste’molchilar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlab, AQSh brendlaridan voz kechmoqda.
Boykot natijasida Tesla elektromobillari savdosi Yevropada 45% ga pasaygan, AQSh platformalarini tark etayotgan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda, ba’zi kompaniyalar esa AQSh bilan hamkorlikni to‘xtatayotgani ma’lum qilindi.
Google’da “AQShni boykot qiling” qidiruvi Fransiya, Daniya va Shvetsiya kabi davlatlarda ommalasha boshladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!