2025-yilning fevral oyida mahalliy avtomobillar bozorida narxlar sezilarli darajada pasaydi. Mashina sotib olishga talabning kamayishi bilan birga, ayrim modellar o‘rtacha 3-5% gacha arzonlashgan.
— Eng ko‘p arzonlashgan modellardan biri – Damas, uning narxi $7,98 mingdan $7,0 minggacha tushdi (-3,6%).
— Onix – $13,5 mingdan $13,1 mingga arzonlashdi (-3%).
— Cobalt – $12,3 mingdan $12,0 mingga tushdi (-2,4%).
— Nexia – $11,5 mingdan $11,28 mingga pasaydi (-1,9%).
— Spark esa $10,5 mingdan $10,4 mingga tushdi (-1%).
Ko‘p foydalanilgan Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark modellari ham biroz arzonlashgan. Biroq Tracker va Malibu modellarida narx o‘zgarishsiz qolgan.
Bitta istisno – Equinox modeli aksincha, biroz qimmatlashib, $31 mingdan $32 mingga ko‘tarildi (+3,2%).
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!