Jamiyat

Rasman: Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

Rasman: Toshkentda isitish mavsumi yakunlandi

Toshkentda isitish mavsumi yakunlanmoqda, deb poytaxt hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.

Xabarga koʻra, belgilangan me’yorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi.

So‘nggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18-19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti.

Gidrometeorologiya markazining prognoziga ko‘ra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori bo‘ladi.

Ayni paytning o’zida ham poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat +12-13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan me’yorlarga mos keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2024-2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanishini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.