Jamiyat

29 ta kichik va mikro gidro elektr stansiyalar quriladi

29 ta kichik va mikro gidro elektr stansiyalar quriladi

Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro gidro elektr stansiyalar quriladi, deb viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.

Unga koʻra, mazkur loyiha amalga oshirilishi uchun shahar va tumanlar hududidagi qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan davlat zaxirasidagi 6,7130 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan.

Gidro elektr stansiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 220-sonli farmoni talablari asosida, Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan bitkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Stansiyalar viloyatning Nurafshon, Chirchiq, Angren shahri hamda Chinoz, Parkent. Yangiyo’l, Bo’ka, Zangiota, Oqqo’rg’on, Ohangaron tumanlarida quriladi va loyiha quvvati 2 550 kVtni tashkil qiladi.