Prezident Vladimir Putin chet elliklar barmoq izlari va tibbiy ko`rikdan o`tgan taqdirda patentsiz ishlashini mumkin qiluvchi farmonni imzoladi.
Farmonga ko`ra, migrantlar:
IIVda barmoq izlari orqali ro`yxatdan o`tishi;
Narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish bo`yicha test topshirishi;
OIV, sifilis va sil kabi yuqumli kasalliklarga tekshiruvdan o`tishi zarur.
2025-yilda Rossiya hukumati patent bilan ishlashga oid talablarni yumshatishni rejalashtirmoqda. Bu qonunda migrantlarga faqat kelgan hududida emas, qo`shni hududlarda ham ishlash imkoniyati berilishi nazarda tutilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!