Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish qonunchiligi kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlik va jinsiy tazyiqdan himoya qilish bo‘yicha qonun muhokama qilindi.
Ushbu qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– 16 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlar uchun jazo kuchaytiriladi;
– Voyaga yetmaganlar aks etgan pornografik materiallarni takroran saqlagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi;
– Aliment to‘lamagan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi ham nazarda tutilmoqda.
Ushbu qonun loyihasi bolalarni jinsiy erkinlik va bola savdosiga qarshi himoya qilish choralarini kuchaytiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!