Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, 21-mart kuni soat 13:50 atrofida To‘rtko‘l tumani “Guliston” MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilg‘i bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.
Oqibatda MAN va Ford rusumli avtomobillar to‘liq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari yong‘indan zararlangan.
Bildirilishicha, voqea bo‘yicha 1998 yil va 1980 yil tug‘ilgan To‘rtko‘l tumanida yashovchi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!