Jamiyat

Hamshiralarni AQShda ishlashga tayyorlovchi markaz ochilishi mumkin

Hamshiralarni AQShda ishlashga tayyorlovchi markaz ochilishi mumkin

Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azimjon Husanov New Future Success Academy xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda Amerika standartlari bo‘yicha hamshiralarni test sinovlariga tayyorlash markazini O‘zbekiston hududida ochish va imtihon markazini tashkil qilish masalasi muhokam qilindi. Markaz MDH va qo‘shni davlatlarda orasida yagona bo‘lishi aytilmoqda.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni AQShda bandligini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, 2030-yilgacha AQShda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi.

Uchrashuv yakunida New Future Success Academy kompaniyasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida tibbiyot sohasida nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.