Jamiyat

Oʻzbekistonliklarning xorijga safari koʻpaymoqda

Oʻzbekistonliklarning xorijga safari koʻpaymoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar oyida jami 551,3 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 82,9 ming nafarga yoki 17,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar oyida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

➖ qarindoshlarni yo‘qlash – 425 839 nafar

➖ sayyohlik – 117 199 nafar

➖ davolanish – 4 206 nafar

➖ o‘qish – 2 975 nafar

➖ xizmat yuzasidan – 1 060 nafar