“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yilning 1-mavsumi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topilgandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilgi 1-mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, loyihalarning
964 tasi — ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar (1396 mlrd so‘mlik);
699 tasi — maktablarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (875 mlrd so‘mlik);
247 tasi — sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (329 mlrd so‘mlik);
60 tasi — bog‘chalarni ta’mirlash va va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (72 mlrd so‘mlik);
44 tasi — ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash tadbirlari (52 mlrd so‘m);
34 tasi — ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar (49 mlrd so‘m);
321 tasi — boshqa tadbirlar (415 mlrd so‘mlik) tashkil etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!