Jamiyat

“Yama”da cho`milgan erkak qamalgani aytilmoqda

“Yama”da cho`milgan erkak qamalgani aytilmoqda

Samarqandda “yama”da cho`milgan erkak videolavhasi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi. Bugun, oʻsha kishi qamalgani aytilmoqda.

Unga ko`ra, Urgut tumanida yo`llardagi nosozliklarni noodatiy tarzda tanqid qilgan blogerga nisbatan sudda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Endi e’tibor bering, shu erda MJTK 183-moddasida nazarda tutilgan «Mayda bezorilik» huquqbuzarligi alomatlari bormi?

«Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so`zlar bilan so`kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik—bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi».

Dispozisiyaning qaysi qismi to`g`ri keladi? Har narsaga qamayveradimi sudya degan? Jarima jazosi ham borku sanksiyada? Qamashdan ne foyda?