Jinoyat

FVB boshliq oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushgan

FVB boshliq oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushgan

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi, deya xabar berdi DXX.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs o‘z lavozimidan foydalanib, Toshkent shahrida qurilayotgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘in xavfsizligi tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirishda ijobiy xulosa berish evaziga pora olgan.

Qayd etilishicha, mazkur obyektlar orasida umumta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Dastlabki tergov harakatlari boshlangan.