2 oyda 1,3 mln turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi — eng ko‘p tashrif Qirg‘izistondan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 1,3 millionga yaqin xorijiy fuqarolar sayohat maqsadida kelgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 37,1 foizga ko‘p.
Eng ko‘p turistlar quyidagi davlatlardan tashrif buyurgan:
• Qirg‘iziston – 422 591 kishi
• Tojikiston – 401 377 kishi
• Qozog‘iston – 199 048 kishi
• Rossiya – 90 611 kishi
• Afg‘oniston – 81 797 kishi
• Turkmaniston – 48 871 kishi
• Turkiya – 22 520 kishi
• Xitoy – 14 062 kishi
• Hindiston – 10 326 kishi kelgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!