Rossiya energetika tizimiga zarba berishga vaqtinchalik moratoriy qo‘llanadigan ob’ektlari ro‘yxatini tadqim etdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxatda keltirilgan hududlarga quyidagilar kiradi:
– neftni qayta ishlash korxonalari;
– neft, gaz quvurlari va omborxonalar, shu jumladan, nasos stansiyalari;
– elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va uzatuvchi infratuzilma, shu jumladan, elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformatorlar va taqsimlagichlar;
– atom elektr stansiyalari;
– gidroelektrostansiyalar to‘g‘onlari.
Moratoriy buzilgan taqdirda, Rossiya o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblashini ma’lum qildi.
Taʼkidlanishicha, vaqtinchalik moratoriy 2025-yil 18-martdan boshlab 30 kun davomida amal qiladi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Qaror Moskva va Vashington delegatsiyalarining Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.
Ular 12 soat davom etgan va 24-mart kuni kechqurun yakunlangan. Xuddi shunday formulirovka Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan AQSH-Ukraina muzokaralari natijasida ham kelishib olingan. Xususan, tomonlar Qora dengizda xavfsiz kema qatnovini ta’minlashga kelishgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!