Jamiyat

Barcha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘laydi

Barcha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘laydi

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi. (Soliq kodeksining 2- va 75-moddasi)

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:

– daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;

– daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.

– Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:

– Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;

– boshqa aholi punktlarida – 2%;

– borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.