Uch kundan keyin gaz va elektr energiyasi tariflari keskin oshadi. Ijtimoiy norma va undan ortiq ilk tijoriy shkalada tariflar gaz bo‘yicha 650/1500 so‘mdan 1000/1800 so‘mgacha, elektr energiyasi bo‘yicha esa 450/900 so‘mdan 600/1000 so‘mgacha qimmatlaydi.
Lekin sizda agar gaz va svet hisobingizda ikki oylik isteʼmolga yetarli mablag‘ bo‘lsa yoki 1 aprelgacha hisobingizni to‘ldirib olsangiz, kamida 2 oy (1-iyungacha) eski tariflarda pul ushlanadi.
Chunki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi va elektr energiyasi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan isteʼmolchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!