Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz boʻyicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirigʻini bergan.
Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi. 2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!