Turkiyaning asosiy muxolif partiyasi – Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP) Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lini 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida mamlakat rahbari lavozimiga nomzod sifatida tasdiqladi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Qayd etilishicha, tegishli qaror, kecha 27 mart kuni partiya yig‘ilishida qabul qilingan. Shuningdek, joriy yilning 6 aprel kuni Jumhuriyat xalq partiyasining navbatdan tashqari qurultoyini o‘tkazish rejalashtirilgan.
JXP yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel jurnalistlarga bergan bayonotida Turkiyada muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish uchun imzo yig‘ish jarayoni boshlanishini ma’lum qilgan. Uning maqsadi – 28 million imzo yig‘ish va amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning 27,7 million ovozini ortda qoldirish.
O‘zg‘ur O‘zel, shuningdek, hafta oxirida Maltepeda bo‘lib o‘tadigan namoyishlar davom ettirilishini bildirgan. U Anqara, Izmir, Antaliya va Mersin kabi yirik shaharlarda “Mening nomzodimni qoldiring” shiori ostida aksiyalar o‘tkazishini e’lon qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!